Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

InnoWeek.Uz-2021 Xalqaro innovatsion gʼoyalar haftaligi davom etmoqda

InnoWeek.Uz-2021 Xalqaro innovatsion gʼoyalar haftaligi davom etmoqda

22 – noyabrdan 27 – noyabrgacha poytaxtda mahalliy va xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari, investitsiya jamgʼarmalari, texnologiya agentliklari vakillari va boshqa mutaxassislar oʼzaro gʼoyalar va ilgʼor texnologiyalarni rivojlantirish tajribasi bilan almashishadi.
Spikerlardan biri yaqinda universitetimizda mehmon bo’lgan, O‘zbekistonda tug’ilgan, hozirda Ukraina Ta’lim va fan vaziri Sergey Shkarletdir.

Bugun universitet tadqiqotchi va doktorantlari ushbu yarmarkadа faol ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda 100 dan ortiq yangi innovatsion ko’rgazmalar, tijoratlashtirilgan ishlanmalar taqdim etilib, ular iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ayni daqiqalarda “Taqdiqotlarni tijoriylashtirish va texnologiya transferining innovatsion strategiyalari” bo’yicha mintaqaviy seminarda ishtirok etishingiz mumkin.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram