OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Insonlar va jamiyat uchun manfaat

Insonlar va jamiyat uchun manfaat

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2019-yil 2-dekabrdagi “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ-585-sonli qonuni asosida universitetda jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman jamiyatga yordam ko‘rsatish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarda, jamiyatda fuqarolik nuqtai nazarini, o‘zini o‘zi tashkil etishni, ijtimoiy mas’uliyat, birdamlik, o‘zaro yordam berish va rahm-shafqat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti volontyorlar guruhi shakllantirildi. Mazkur volontyorlar guruhi tomonidan  Yashnobod tumanidagi 30-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida kirib kelayotgan yangi 2021-yil bayrami oldidan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga  sovg’a-salomlar ulashishdi, Toshkent shahridagi Qoyliq ota qabiristonida hududidagi qarovsiz yerlarga ishlov beriidi, Farg’ona viloyati hokimligi xalq ta’limi tasarrufidagi 85-ixtisoslashtirilgan sanatoriya turidagi skolioz bolarar maktab internatida Dang’ara tuman ichki ishlar bo’limi kapitani Yunusaliev D.B. hamda Toshkent davlat transport universitetining  yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti volontyorlar guruhi faol a’zosi Muhammadjonov S.S. lar birgalikda davra suhbati olib borildi, “Vazir kubogi” kurash musobaqasining final bosqichini ko’tarinki ruhda o’tishiga hissa qo’shishdi.

Shuningdek, 9 may – Хotira va qadrlash kunidan beri valantyerlik guruhi shahar bo‘yilab nuroniylarga yordam berish ishlarini yo‘lga qo‘yilgan.

Insonning hayotini, yashash tarzini, faoliyatini biron mablag‘ talab qilmay yaxshilovchi, bunga ko‘maklashuvchi xizmatlarni amalga oshiruvchi guruh doimo o‘z faoliyatini olib bormoqda.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram