Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi tashabbusi bilan bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalarining Yosh ilmiy tadqiqotchi I xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi tashabbusi bilan bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalarining Yosh ilmiy tadqiqotchi I xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi

2022-yilning 1-2 – aprel kunlari Toshkent davlat transport universitetida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi tashabbusi bilan bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalarining Yosh ilmiy tadqiqotchi I xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi.

Anjuman ochilish marosimi 1-aprel kuni soat 10-00 da 461-xonada joylashgan Maqsud Shayxzoda nomidagi kichik faollar zalida an’anaviy tarzda bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirni universitetimiz rektori Abduraxmanov Odil Kalandarovich kirish so’zi bilan ochib berdilar.

Ochilish marosimida nafaqat, universitetimiz professor-o’qituvchilari va talabalari balki, yurtimizdagi boshqa oliy ta’lim muassasalaridagi professor-o’qituvchilar va talabalar ham ishtirok etishdi.

Plenar yig’ilishda universitetimiz iqtidorli talabalaridan
O’taganov Sarvar Qahramon o’g’li – Shahar jamoat transporti yo’nalishlarida elektrobuslarni tadbiq etishda dunyo mamlakatlari tajribalari tahlili;
Shermuhamedov Yusufbek Abdulaziz o’g’li – Steering of a high-clearance tractor for horticulture and viticulture;
Toirov Otabek Toir o’g’li – SolidWorks hamda ProCAST dasturlarini uyg’unlashtirib quymalarning 3D modellarini tahlil qilishni ta’lim tizimida qo’llanilishi;
Terpak Andrey Anatolyevich – Международных опыт организации “Перехватывающых стоянок” в развитых странах
nomli maqolalari bilan faol ishtirok etishdi.

Ushbu anjumanda xalqaro vakil sifatida Qo’shma dasturlar fakulteti dekani polshalik mehmon, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Slavomir Vroblevski so’zga chiqib, bugungi kunda xalqaro miqyosda dolzarb hisoblangan muammolarga alohida to’xtalib o’tdi hamda ushbu anjuman universitetimiz hayoti uchun qanchalik ahamiyatli ekanligini alohida ta’kidlab o’tdilar.

Undan tashqari, hozirgi kunda O’zbekiston – Turkiya munosabatlari yangi bosqichga chiqmoqda. Shu asnoda, Toshkent davlat transport universitetida faoliyat olib borayotgan turkiyalik mutaxassis, filologiya fanlari doktori, professor Meryem Karlik ham so’zga chiqdi hamda o’zbek-turk munosabatlari yangi bosqichga chiqqanini, ayniqsa, qurilish sohasida ushbu fikrlar o’z isbotini topayotganini alohida ta’kidlab o’tdilar.

1-aprel kuni soat 11-30 dan kechki 17-00 ga qadar sho’balar miqyosida anjuman o’z ishini onlayn tarzda ZOOM ilovasi orqali davom ettirdi. 1-aprel kuni yakunlanmay qolgan sho’balar uchun 2-aprel kuni ham anjuman davom etdi hamda soat 17-00 ga qadar o’z ishini to’liq yakunladi.

Please wait while flipbook is loading. For more related info, FAQs and issues please refer to DearFlip WordPress Flipbook Plugin Help documentation.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!