Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Ishlab chiqarish bilan aloqalar

Ishlab chiqarish bilan aloqalar

Joriy yilning 18-yanvar kuni Toshkent davlat transport universiteti «Qurilish muhandisligi” fakulteti dekani A.R.Babayev hamda “Muhandislik kommunikatsiyalari va tizimlari” kafedrasi mudiri B.B.Kaxarovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son farmoni bilan tashkil etilgan “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi – uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining birinchi o‘rinbosari Saifnazarov Saxib Ismailovich bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida boshqaruvi raisi S.I.Saifnazarov “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatida va uning quyi bo‘g‘inlarida aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash hamda oqova suvlarni tozalash borasida olib borilayotgan va kelajakka mo‘ljallangan ishlar bilan batafsil tanishtirdi.

Shu o‘rinda kafedraning “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji” taʼlim yo‘nalishi bitiruvchilarini ishlab chiqarish, bitiruv oldi amaliyotlarini va ishga olish bo’yicha AJ korxonalari imkoniyatlari ko’rib chiqildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!