22.02.2022 yil kuni “Yangi Zamon Bino” MCHJ Loyiha boshqaruv direksiyasi direktor o’rinbosari R. To’rayev, ishlab chiqarish texnik bo’limi boshlig’i T. Abdullayev, Qurilish muhandisligi fakulteti dekani A. Babayev, marketing va talabalar amaliyoti bo’limi boshlig’i M. Haydarov, dekan o’rinbosari F. Mamurova va fakultet talabalari ishtirok etishdi. Uchrashuvda “Yangi Zamon Bino” MCHJ Loyiha boshqaruv direksiyasi ob’yektlarida Qurilish muhandisligi fakulteti talabalarining ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyotini o’tashi uchun sharoit yaratish, kelgusida ushbu korxonalarda ishga joylashish bo’yicha talabalar o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Kelgusida bunday uchrashuvlarni va direksiya ob’yektlariga talabalar stajirovkalarini o’tkazishga kelishildi.