Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Ishlab chiqarish bilan integratsiya

Ishlab chiqarish bilan integratsiya

Universitet rektorining 08.02.2022 yildagi №74-T sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Qurilish muhandisligi fakulteti 4 bosqich talabalari “Bitiruv oldi amaliyoti”ga jalb etilgan. Ayni vaqtda fakultetning 5340400 “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji” ta’lim yo’nalishi talabalari “O’zsuvta’minot” AJ hudud korxonalari, “O’zkomunalloyihaqurilish” DUK, “Toshtemiryolloyiha” MCHJ, “O’ztemiryolmashta’mir” UKlarida “Bitiruv oldi amaliyoti”ni o’tashmoqda. Talabalar mutaxassislik kafedralar tomonidan ishlab chiqilgan dastur asosida ish faoliyatini olib bormoqdalar. Amaliyot davomida talabalar sohaga tegishli ma’lumotlarni ishlab chiqarish jarayonida bevosita amalda qo’llash imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar. Amaliyot boshqa ta’lim yo’nalishlarida ham davom etmoqda.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!