Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuv davom etmoqda

Ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuv davom etmoqda

Toshkent davlat transport universiteti rektori Abduraxmanov Odil Qalandarovich va “Temir yo’l izi monitoringi va diagnostikasi” makazi boshlig‘i Sherzod Djalilovich Xushvaktov bilan 2021-yilning 12-dekabrda o‘zaro kelishuv imzolangan. Ushbu kelishuvga muvofiq “Temir yo‘l muhandisligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan o‘quv, ilmiy, o‘quv tadqiqot laboratoriya markazlarini ochish va zamonaviy temir yo‘l izi diagnostika va monitoring loyiha ishlarini birgalikda ishlab chiqish hamda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish belgilangan.

Ushbu o‘zaro kelishuv asosida “Temir yo‘l muhandisligi” kafedrasi mudiri Lesov Kuvandik Saginovich va kafedra dotsenti Umarov Xasan Kobilovich “Temir yo’l izi monitoringi va diagnostikasi” markazida keltirilgan zamonaviy “126-diagnostik laboratoriya” vagonini imkoniyatlari bilan tanishdi. “126-diagnostik laboratoriya” vagoni imkoniyatlarini “Transport tizimilari va axborot ilmiy-ishlab chiqarish markazi” (INFOTRANS) sektori boshlig‘i Panov Anatoliy Mixaylovich tanishtirdi.

Kelgusida “126-diagnostik laboratoriya” vagonidan keng foydalanish hamda olingan natijalarni kafedra professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda o‘rganish amaliyotga tadbiq etishga kelishib olindi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!