Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

IT sohasida o’z o’rniga ega bo’lgan “Boffin” akademiyasi asoschilari bilan davra suhbati tashkillashtirildi

IT sohasida o’z o’rniga ega bo’lgan “Boffin” akademiyasi asoschilari bilan davra suhbati tashkillashtirildi

Joriy yilning 2-mart kuni Toshkent davlat transport universiteti “Marketing va talabalar amaliyoti” bo‘limi boshlig‘i M.H. Haydarov tomonidan IT sohasida o’z o’rniga ega bo’lgan “Boffin” akademiyasi asoschilari bilan davra suhbati tashkillashtirildi. Bu tadbirda Qurilish muhandisligi va Iqtisodiyot fakulteti talabalari ishtirok etishdi. Uchrashuvda 200 ga yaqin talabalar qatnashdi.

Ushbu uchrashuv davomida “Boffin” akademiyasi asoschisi Maqsudbek Xo’jayev va Jamshid Mahmudov olib borilayotgan ishlar bilan batafsil tanishtirildi. Shu o‘rinda ularning akademiyasida darsdan tashqari o’z vaqtlarini unumli o’tkazish uchun qatnashish mumkinligi hamda bizning universitet talabalari uchun chegirmalar borligi haqida alohida to’xtalib o’tildi.

Talabalarimiz o’quv kurslarni muvaffaqiyatli o’tasa, kelajakda ish bilan taminlanishi aytildi.

Tadbir yakunida talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!