OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Jamiyat taraqqiyoti uchun barchamiz mas’ulmiz!

Jamiyat taraqqiyoti uchun barchamiz mas’ulmiz!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Etim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» 2019 yil 11 fevraldagi PQ-4185-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo’llab-quvvatlash, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 21 noyabrdagi 739-son qaroriga tizimini yanada kuchaytirish, ya’ni yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sog’lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarida hamda ularni tamomlagandan keyin oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya oladigan muddatda to’liq davlat ta’minotida bo’lishi, ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan to’liq davlat ta’minotida bo’lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarga ularning shaxsiy xarajatlari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida pul mablag’lari to’lanishi to’g’risidagi takliflariga muvofik universitet rektorining buyruqlari ishlab chiqildi. Ular asosida universitetda tahsil oluvchi 15358 talabadan 6 nafar talabaga universitet hisobidan moddiy yordam puli to’lanishi yo’lga qo’yildi.

Shuningdek, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, yuqori iqtisodiy o’sishga erishish hisobidan xalqimizning farovonligini oshirish va kundalik hayotidagi muammolarni hal etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq universitetda ham talaba-yoshlarni har tomonlama qo’llab quvvatlash maqsadida universitet rektorining bir qator buyruqlari ishlab chiqildi. Temir daftar ro’yxatiga kiritilgan yetim bolalar, nogiron talabalar, shuningdek ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi talabalar uchun kontrakt xarajatlarini qoplash uchun maqsadli moliyaviy yordam ko’rsatilib kelinmoqda. Universitet talabalarning ijtimoiy holatini hisobga olgan talabalarni davolanish maskanlari va sayohatlarga yuborish yo’lga qo’yildi. Bundan tashqari universitet O’zbekiston Respublikasi transport prokuraturasi, Mirobod tumani hokimligi bilan hamkorligida turli texnika vositalari berib borilishi yo’lga qo’yildi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram