OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

JAMIYAT TARAQQIYOTI

JAMIYAT TARAQQIYOTI

Inson dunyoda umid bilan yashaydi. “Orzularimga yetay, shinam uy-joyim bo’lsa, yon-atrofimda qulay sharoit, bekamu ko’st muhit hukm sursa, jamiyatga, davlatga, oilamga, ota-onamga, do’stu yorlarga, mahalla-ko’yga, qishlog’imga, yurtimga foydam tegsa, murodu maqsadim ushalsa”, deydi. Mamlakatimiz siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda jo’shqin hamda jadal islohotlar davriga kirdi
Shularni inobatga olib, mamlakatimizda iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi asosiy muammo va to’siqlarni aniqlash hamda kambag’allikka qarshi kurash bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni belgilab olish maqsadida 2021-2030 yillarda kambag’allikni qisqartirish bo’yicha milliy strategiya loyihasini ishlab chiqdi.
Universitetimiz ham jamoa va talaba yoshlarning farovon va bekamu-ko’st hayot kechirishlari uchun bir qator ishlar amaoga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, davlat qaramog’idagi, boquvchisini yo’qotgan talaba yoshlarni moddiy-qo’llab quvvatlash maqsadida 6 nafar talabaga har oyda moddiy yordam puli berilishi va talabalar turar joylariga joylashtirish yo’lga qo’yilgan.
Ishchi xodimlarni moddiy tomondan qo’llab-quvvatlash maqsadida jamoat shartnomasining 2.5 bandiga muvofiq yilda bir marta moddiy yordam puli, imtiyozli uylar va avtomashinalar harid qilish uchun iavsiyalar, sog’liklarini tiklashlari uchun sanatoriyalar, farzandlari uchun yozgi oromgohlariga yo’llamalar beriladi.
Kasaba uyushmasi tomonidan arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari, madaniy maskanlarga chiptalar berib boriladi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram