Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Janubiy Korealik mutaxassislar bilan texnologik hamkorlik masalasi muhokama qilindi

Janubiy Korealik mutaxassislar bilan texnologik hamkorlik masalasi muhokama qilindi

Kuni kecha Toshkent davlat transport universitetida Korea xalqaro universiteti professori Han Sung Woo ishtirokida hamkorlikda elektr temir yo‘l texnologiyasining ilmiy asoslarini yanada rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.

Transport universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Baxodir Turaev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Said Shaumarov va tegishli kafedralar mudirlari ishtirok etgan muzokaralarda “Elektr temir yo‘li ilmiy-tadqiqot markazi”ni tashkil etish tavsiyasi tahlil etildi.
Ushbu ilmiy texnologik markaz Korea-O‘zbek hamkorligining navbatdagi modeli bo‘lib, elektr temir yo‘li fanlari va texnologiyalari, innovatsiya hamda ishlanmalarni tatbiq etish bo‘yicha muhim platforma bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.
Xorijlik professor Han Sung Woo ilmiy-tadqiqot markazi ish faoliyatini tashkil etish va yuritish yuzasidan taqdimoti tinglandi.
Elektr temir yo‘llarini modernizatsiya qilish mumkin bo‘lgan qismlarini topish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish va rivojlantirish, shuningdek, O‘zbekiston va Korea kompaniyalarining hamkorlik qila olishlari uchun ko‘mak berish kabi masalalar muhokamalar asosini belgiladi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram