Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Joriy yilning 1 – mart O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun

Joriy yilning 1 – mart O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kun.

Shu munosabat bilan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, o‘quvchilarda kitobni mutolaa qilishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 1 mart kuni Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti “Shahar yo‘llari va ko‘chalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 294-sonli umumta’lim maktabining 8-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Bahor keldi seni so’roqlab…” mavzusida tanlov tashkil etildi.
Tanlov Zulfiyaxonimning boy ijodiy merosini chuqur o‘rganish, shoiraning ona vatanni madh etuvchi yuzlab nodir nazmiy asarlari, vafo va sadoqatni tarannum etuvchi she’rlarini o‘quvchi-yoshlar qalbiga ko‘chirish maqsadida professor-o‘qituvchilar va o‘quvchilarning faol ishtirokida o‘tkazildi.
Tanlov g’oliblariga esdalik uchun badiiy adabiyotlar, tashakkurnoma va faxriy yorliq taqdim etildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!