Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Joriy yilning 24 yanvaridan boshlab, bir oy muddat davomida ta’lim olish tizimi masofaviy (onlayn) shaklda olib boriladi

Joriy yilning 24 yanvaridan boshlab, bir oy muddat davomida ta’lim olish tizimi masofaviy (onlayn) shaklda olib boriladi

Sog’liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining taklifiga asosan koronavirus infektsiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar o’rtasida tarqalishi yuqoriligini e’tiborga olgan holda barcha oliy (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda (barcha ta’lim shakllari va turlari bo’yicha) joriy yilning 24 yanvaridan boshlab, bir oy muddat davomida ta’lim olish tizimi masofaviy (onlayn) shaklda olib boriladi.

Bunda tajribadan kelib chiqqan holda onlayn ta’lim jarayoni sifatli tarzda tashkil etilib, barcha zarur resurslar safarbar etiladi.

Temiryo’l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirmalarini saqlab qolish va 2022 yil 24 fevralga qadar avia va temiryo’l chiptalarini bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi.

Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan bo’lib, 21 yanvarь soat 9:30 dan barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga (10-06, 71-246-97-45, 71-246-28-63) murojaat qilishingiz mumkin!

Shu o’rinda bugungi murakkab vaziyatdan chiqib ketishning yagona yo’li bu vaktsinatsiya, shu bois sizlardan o’zingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoya qilish uchun vaktsinatsiya jarayonlarida faol qatnashishingizni so’rab qolamiz.

Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, sizdan yo’l chiptalarini almashtirishni bir oylik muddat davomida qaytish sanasi aniq bo’lgandan keyin shoshmasdan amalga oshirishingizni so’raymiz!

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!