OʻzbekРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Kaxarov Baxadir Baxramovich 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish.

TOSHKENT DАVLАT TRАNSPORT UNIVERSITETIDА ILMIY DАRАJАLАR BERUVCHI ILMIY KENGАSHNING HIMOYAGА YIGʼILISHI TOʼGʼRISIDА

2021 yil 4 dekabr kuni soat 10:00 da Toshkent davlat transport universitetining bosh binosi 104a-auditoriyada himoya yig’ilishi o‘tkazilishi belgilanganligini ma’lum qilamiz. Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.15/27.02.2020.T.73.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashning himoyaga yig‘ilishi kun tartibiga quyidagi masala kiritilgan:
Kaxarov Baxadir Baxramovich 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi va 02.00.07 – Kompozitsion, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi tutash ixtisosliklari bo‘yicha texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy
darajasini olish uchun tayyorlangan “Mahalliy xomashyolar asosida yedirilishga chidamli kompozitsion polimer materiallar va buyumlar olish texnologiyasini yaratish” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoyasi.
Ilmiy rahbarlar: t.f.d., professor Ibadullayev Axmadjan Sabirovich t.f.d., dosent Teshabayeva Elmira Ubaydullaevna
Ish bajarilgan tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Taqrizchilar:
Riskulov Alimjon Axmadjanovich – Toshkent davlat transport universitetining qo‘shma fakulteti dekani, texnika fanlari doktori, professor
Babaxanova Muxida Gulyamovna – I.Karimov nomli TDTU huzuridagi “FAN va TARAQQIYOT” DUK katta ilmiy xodimi, texnika fanlari nomzodi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram