Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Kazan Federal universitetida prorektorlar xalqaro stajirovkasi bo’lib o’tmoqda

Kazan Federal universitetida prorektorlar xalqaro stajirovkasi bo’lib o’tmoqda

Respublika OTMlari ilmiy ishlar va innovatsiya bo‘yicha prorektorlari stajirovkasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2021-yil 16-dekabrdagi 2020-son bayoni va 2021-yil 19-maydagi 08/1-822-son topshirig‘i asosida belgilangan. Bunda barcha prorektorlar KPI ko‘rsatkichlari tahlil etilib, yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan 25 ta nomzod saralab olingan. Hozirda bir guruh prorektorlar ilmiy stajirovkasi QS xalqaro reytingida TOP-500 ro‘yxatidan o‘rin olgan Kazan Federal Universiteti (KFU)da boʻlib o’tmoqda. KFU huzuridagi Axborot texnologiyalari va intellektual tizimlari institutiga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida Sun’iy intellekt, Intellektual robototexnika, IT ta’lim laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdi. Xususan, universitet prorektori S.Shaumarov tomonidan hamkorlar bilan birgalikda O‘zbekistondagi yirik shaharlar master planlarini ishlab chiqishda intellektual tizimlarni keng joriy etish, hamkorlikda xalqaro loyihalarda ishtirok etish, “Intellektual transport tizimlari” magistratura mutaxassisligi talabalar akademik mobilligini tashkil etish, doktorantlar stajirovkasi bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!