Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Keksalarni e’zozlash – insoniy fazilat!

Keksalarni e’zozlash – insoniy fazilat!

Keksalarni e’zozlash – insoniy fazilat! shiori ostida “Chet tillari” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan 9-mart 2022-yil sanasida keksa avlod vakillari, jumladan, nafaqadagi “Chet tillar” kafedrasida ishlab ketgan Muhitdinova G. Sh. , Qanoatova M.A. , Qadirova D.A ,Nishonova M.R. Guseynova K.I .larga hurmat ehtirom koʻrsatib, uylariga tashrif buyirib, ularni 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” bilan tabriklashdi. Zero, keksalarimiz kabi el-yurt manfaatlari yо‘lida kо‘p yillar sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilgan, hayot achchiq-chuchugini totigan, mehnat faoliyati davomida yosh avlodni ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab, ularga tо‘g‘ri yо‘l kо‘rsatgan keksalar, faxriylar, bir sо‘z bilan aytganda, jonkuyar ustoz va murabbiylar holidan
xabar olish va ulardan xizmat sir-asrorlarini mukammal о‘rganish yosh avlod vakillariga “Ham farz, ham qarz” bо‘lmog‘i darkor.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!