OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Kelajak uchun harakat

Kelajak uchun harakat

Universitetimizda barcha sohalarda jadal islohotlar olib borilmoqda. Jamoa a’zolarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, yanada ko’proq kafolatlashga qaratilgan shu bilan birga ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni yanada qo’llab-quvvatlashga doir ijtimoiy siyosat olib borilishiga keng eьtibor berilmoqda. Universitetimizda e’tiborida bo’lib turgan ijtimoiy qatlamlardan biri yoshlar bo’lib hisoblanadi. Talaba-yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash ulardagi bor imkoniyatlardan foydalanishga va o’z iqtidorlarini yanada namoyon etishiga yoshlarning huquqlari va manfaatlarini taьminlash rahbariyatimiz oldida turgan vazifalardan biri bo’lib bu davlat va jamiyat taraqqiyotining muhim omili bo’lib hisoblanadi.
Yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash,ularda mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbus loyihasi, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yoshlar faolligini oshirish hamda huquqiy savodxonlikni rivojlantirish, yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini va oila muqaddasligi g’oyalarini keng targ’ib qilish, erta turmush qurish va yosh oilalar ajralishining oldini olishga qaratilgan samarali tadbirlarni amalga oshirish, yoshlarning bo’sh vaqtni mazmunli tashkil etish maqsadida ijodiy to’garaklar va xorijiy tillarni o’rganishga kengjalb etish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatlarini ro’yobga chiqarishga ko’maklashish, yosh oilalar, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni baravaqt oldini olish hamda sifatli profilaktika ishlarini tashkil etish maqsadida Yoshlarga oid davlat dasturi ishlab chiqilgan dastur asosida fakulьtetlar kesimida tadbirlar tashkil etiladi. Masalan, rahbarlar, tadbirkorlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat boshqaruvi vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilib kelinmoqda.
Turli yo’nalishdagi tadbirlar O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, O’zbekiston davlat konservatoriyasi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi, “O’zbekiston temir yo’llari” AJ, O’zbekiston temiryo’lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi, O’zbekiston temiryo’lchilari kasaba uyushmasi,O’zbekiston Respublikasi Transport prokuroturasi, O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi, Mazirlar Mahkamasi huzuridagi Din qo’mita, O’zbekiston Musulmonlar idorasi, Respublika Ma’naviyat markazi, Yoshlar itifoqi, “O’zbekkontsert” DM, “O’zbekkino” milliy agentlik tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etiladi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram