Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Kirish imtihonlarida abituriyentlarga test ishlash uchun qancha vaqt beriladi?

Kirish imtihonlarida abituriyentlarga test ishlash uchun qancha vaqt beriladi?

Vazirlar Mahkamasining test topshiriqlarini o‘tkazishga oid 261-sonli nizomida 30 ta savol uchun bir soat vaqt berilishi belgilab qo‘yilgan.
3 ta majburiy fanlar uchun — 60 daqiqa (1 soat);
2 ta mutaxassislik fanlari uchun — 120 daqiqa (2 soat).
Jami: 180 daqiqa (3 soat).
Аgar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati boʻlsa va oʻsha fan uchun test sinovidan ozod qilingan boʼlsa, unda 60 daqiqa ayirib tashlanadi. Аgar 2 ta mutaxassislik fanidan ham imtiyozi boʼlsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yoʻnalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.
Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Yaʼni boʻyash uchun alohida qoʻshimcha vaqt berilmaydi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!