Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Kitob bayrami”

“KITOB – BEMINNAT USTOZ, BILIM VA MA’NAVIY

 YUKSALISHGA ERISHISHNING ENG ASOSIY MANBAI”.

Alisher Navoiy

 

Kitob mutoala qilish – inson ongini, dunyoqarashini, insonlarning bir-biriga bo‘lgan munosabati, muamola madaniyati hamda o‘z bilimini boyitadigan eng muhim vosita hisoblanadi. Shu boisdan Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni  mutolaaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “Avtomobil yo‘llari muhandisligi” fakulteti dekani A.O‘roqov tashabbusi bilan joriy yilning 19-20 oktabr kunlari “Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Avtomobil yo‘llari sohasida ko‘p yillik mehnat tajribasiga ega, sohaga oid ko‘plab yaratilgan adabiyotlar mualliflari faxriy professor-o‘qituvchilar Q.H.Azizov, I.S.Sodiqov, А.А.Ishanxodjaev, B.J.Salimova, A.H.O‘roqov, R.M.Xudoyqulov, D.A.Mahmudova, A.G.Yunusov, A.B.Axmedov, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan faxriy ustozlar o‘zlarining xayotiy tajribalari, erishgan muvaffaqiyatlari sirlari albatta kitobga bo’lgan mehr, kitob mutoolasi, tinimsiz o‘qish va izlanishda deb bilishlarini ta’kidlashdi, o‘zlarining muallifligida chop etilgan adabiyotlar orttirilgan amaliy-ilmiy bilim va tajribalar asosida yaratilganligi xususida to‘htaldilar.

Shuningdek, tadbir tashkilotchilari tomonidan talabalar o‘rtasida “Viktorina savollari” tanlovi o‘tkazilib, sovrindorlar faxriy professor-o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan adabiyot va darsliklar bilan taqdirlandilar.

Kun davomida talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, ularning mutolaasiga bo‘l­gan qiziqishini yanada oshirish va yangi chop etilayotgan adabiyotlar bilan tanishtirib borish hamda rag‘bat­lantirish maqsadida soha doirasida yangi chop etilgan Kitoblar ko‘rgazmasi talabalar e’tiboriga havola etildi.

 

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram