Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

KONTRAKT TO’LOVLARI 1 MARTGA QADAR UZAYTIRILDI

KONTRAKT TO’LOVLARI 1 – MARTGA QADAR UZAYTIRILDI

Ko’pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari, shuningdek, oliy va professional ta’lim muassasalarining murojaatlarini inobatga olgan holda Respublika ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2021/2022 o’quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o’quvchilar o’qishi uchun kontrakt miqdorini to’lashning so’nggi muddati 2022 – yilning 1 – marti etib belgilandi.

Ushbu muddat quyidagilar:

➡️to’lov-kontrakt asosida oliy ta’lim muassasalariga talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;

➡️to’lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalari (texnikum, kollej)ga o’quvchilikka tavsiya etilganlar;

➡️tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;

➡️o’qishi ko’chirilgan (ko’chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!