Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Ko’priklar va tonnellar” kafedrasi tomonidan Parkent tumanidagi 1-IDUMda targ’ibot tadbiri o’tkazildi

“Ko’priklar va tonnellar” kafedrasi tomonidan Parkent tumanidagi 1-IDUMda targ’ibot tadbiri o’tkazildi

Qurilish muhandisligi fakulteti “Ko’priklar va tonnellar” kafedrasi professor-o’qituvchilari Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 1-ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Ushbu tadbirda TDTUning tashkil topishi, universitetdagi ta’lim yo’nalishlari, mutaxassisliklar bo’yicha kadrlarni tayyorlash jarayoni, bitiruvchilar uchun mutahasissligi bo’yicha ish o’rinlari to’g’risida o’quvchi yoshlarga keng tushuntirish berildi. Shuningdek, “Qurilish muhandisligi” fakulteti ta’lim yo’nalishlari, mamlakatimizda transport inshootlarini loyihalash va qurish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar, barpo etilayotgan zamonaviy monolit ko’priklar va yo’l o’tkazgichlar, temir va avtomobil yo’llari, bino ba inshootlar qurilishi bo’yicha ma’lumotlar taqdim etildi. Maktab o’quvchilarining kelajakda kasb tanlashlari va o’z yo’nalishlarini topishlari yuzasidan tavsiyalar berildi. O’quvchi yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!