Xabar berganimizdek, Moskva shahrida bo’lib o’tayotgan XV- Xalqaro transport forumi uchinchi kunida universitet delegatsiyasi Rossiyadagi yangi turdagi ko’prik va yo’l o’tkazgichlarni loyihalash, innovatsion va yangi “bimm” texnologiyalarni joriy etish tajribasi bilan tanishdi. Bunda Giprostroymost instituti va Transport universiteti o’rtasidagi ilmiy- tadqiqot, o’quv-uslubiy va loyiha-konstruktorlik faoliyatini hamkorlikda yo’lga qo’yishga kelishib olindi.