Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Koreya ta’lim tizimi bilan aloqalar yanada mustahkamlanmoqda

Koreya ta’lim tizimi bilan aloqalar yanada mustahkamlanmoqda

2021-yil 28-noyabrda Toshkent davlat transport universitetida Xalqaro hamkorlik bo’limi rahbariyati va Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakultetida faoliyat yuritayotgan koreyalik Professor Hang Sung Woo Janubiy Koreyaning TONGMYONG universiteti vakillari bilan va Janubiy Koreyada temir yo‘l sohasida faoliyat yuritayotgan “Inter Mobility” kompaniyasi raisi bilan Zoom videokonfrensiya bo’lib o’tdi. TONGMYONG universiteti TDTrU talabalarini “Universitetlar aro talabalar almashinuvi” dasturi asosida sinov va imtixonlar natijasiga binoan Janubiy Koreyaga o’qishga taklif qilish istaligini bildirdi.

✳️Inter mobility kompaniyasi “O’zbekiston temir yo’llari” AJ bilan hamkorlik o’rnatish, temir yo’l sohasida ma’lumotlar almashinuvi, qo’shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, temir yo’llari sohasidagi ta’lim loyihalarida ishtirok etish va O’zbekiston Respublikasida Koreya temir yo’llari ilmiy tekshirish instituti hamkorligida “O’zbekiston temir yo’llari texnologiyalari ilmiy amaliy tadqiqot markazi”ni ochish doirasida hamkorlik qilishga kelishdi.

✳️Shuningdek, hamkorlik doirasida “Inter Mobility” kompaniyasi Toshkent davlat transport universitetining temir yo’llar sohasida ta’lim olayotgan iqtidorli 1 nafar talabasiga 1 yilda 1 marotaba 1000$ stipendiya berishga va’da berdi.
 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram