Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Korrupsiya – kelajakka tahdid

Korrupsiya – kelajakka tahdid

10-dekabr kuni TDTUda Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Podpolkovnik R.R.Kurbanov, O‘ta muhim ishlar bo‘yicha katta tezkor vakili mayor O’.Umirkulov, mayor A.Sayfullaev, kafedra mudiri S.Yuldasheva va professor o’qituvchilar va talaba yoshlari ishtirok etdi.

Korrupsiya har bir mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun ulkan tahdid bo‘lib, u jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini yemirishi, odamlarning davlatga, boshqaruv idoralariga ishonchini so‘ndirishi, islohotlar g‘oyasini obro‘sizlantirishi, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, korrupsiya muammosiga qarshi kurashishda xuquqiy savodxonlik, odamlarni halol mehnat qilishga undash, talaba-yoshlarda o‘z bilimi, kuch g‘ayrati va ijodiy qobiliyati bilan yuksak marralarga erishish hissisini tarbiyalash kerakligi alohida ta’kidlandi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!