Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Korrupsiya rivojlanishimizga tо‘siq.

Korrupsiya rivojlanishimizga tо‘siq.

О‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi tomonidan tasdiqlangan “9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuniga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida “Korrupsiya rivojlanishimizga tо‘siq” 10 kunligi tadbirlaridan biri Toshkent davlat transport universiteti professor-о‘qituvchilari va talabalari ishtirokida bо‘lib о‘tdi.

Tadbirni Universitetning “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” bо‘limi boshlig‘i S.S.Xamidov olib bordi. Tadbirda О‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’sul xodimi O.Abdug‘aniyev, universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bо‘limi bosh mutaxassisi S.R.Berdiyev ishtirok etishdi. Tadbir jarayonida jamiyatda shunday illatlar borki, u ma’lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga tо‘g‘anoq bо‘lishi. Davlatni ich-ichidan yemirishi, bu illat – korrupsiya va poraxо‘rlik ekanligi haqida о‘zlaring ma’ruzalarida keng tushunchalar berdilar.

Shuningdek bu borada mamlakatimizda keyingi yillarda keng kо‘lamli ishlar olib borilayotganligni, bu ishlar boshida muhtaram Prezidentimiz SH.Mirziyoyev turganligini, korrupsiyaga qarshi kurashning sifat va son jihatdan mutlaqo yangi darajaga kо‘tarilishini boshlab berganliklarini, keyingi 3 yilda korrupsiyaga qarshi kurashda 3 ta Prezident Farmoni, 1ta Prezident qarori qabul qilinganligi, bu boradagi ishlarga yaqindagina Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi va Senatining Qо‘shma Majlisida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining о‘z lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ham, korrupsiya balosiga qarshi faqat davlat-huquqiy choralar bilangina kurashib bо‘lmasligi, buning uchun butun jamiyatimizda, avvalo, yoshlar ongida bu illatga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, barcha sog‘lom kuchlarni birlashtirish hal qiluvchi ahamiyatga egaligi, shuning uchun fuqarolar о‘rtasida qonunga hurmat va unga amal qilish hissini shakllantirish bog‘cha va maktabdan tortib oliygohgacha, barcha ta’lim muassasalarining, har bir oilaning birinchi navbatdagi vazifasi bо‘lishi kerakligi haqida gapirib, asrimiz muammosiga keng jamoatchilik e’tiborini qaratayotgani davlat siyosatida korrupsiyaga barham berish masalasi nechog‘liq ustuvor ekanligidan dalolat qilishi haqida batafsil tо‘xtalib о‘tdilar.

Universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish haftaligi doirasida yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bо‘yicha davlat siyosati va Agentlik faoliyati tо‘g‘risida xabardorligini о‘rganish maqsadida Universitetda о‘tkazilgan sotsiologik sо‘rovnoma natijalari tahlili ham berildi.

Tadbir qizg‘in muhokama va munozaralarga boy tarzda о‘tdi. Talabalardan universitetda korrupsiya holatlariga duch kelganlari haqida sо‘raldi. Shunday voqea sodir bо‘lsa kimga murojaat qilish kerakligi atroflicha tushuntirildi.
 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram