Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Korrupsiyasiz soha”, “Odam savdosiga – qarshimiz” hamda “Giyohvandlik-asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzularida profilaktik tadbir tashkil etildi

“Korrupsiyasiz soha”, “Odam savdosiga – qarshimiz” hamda “Giyohvandlik-asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik!” mavzularida profilaktik tadbir tashkil etildi

Yig‘ilishni fakultet dekani B.Ibragimov kirish so‘zi bilan ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni qabul qilinganligi va mazkur farmon mazmuni yuzasidan quyidagilarga to‘htaldi: Korrupsiya xar bir mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti uchun  ulkan tahdid bo‘lib, u jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini yemirishi, odamlarning davlatga, boshqaruv idoralariga ishonchini so‘ndirishi, islohotlar g‘oyasini obro‘sizlantirishi, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarini  boshqarishdagi  ishtirokiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, korrupsiya muammosiga qarshi kurashishda xuquqiy savodxonlik, odamlarni halol mehnat qilishga undash, talaba-yoshlarda o‘z bilimi, kuch g‘ayrati va ijodiy qobiliyati bilan yuksak marralarga erishish xissisini tarbiyalash, fuqarolarda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik, toqatsizlik madaniyatini shakllantirish juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlatimiz tomonidan  korrupsiyaga qarshi to‘htovsiz kurash olib borilayotgani va bu haqda har qancha kurashilmasin, targ‘ibot tadbirlari, amaliy choralar ko‘rilmasin baribir salbiy holatlarning qayd etilayotgani yuzasidan hayotiy misollar keltirib o‘tdi va ayni kunda bu boradi institut doirasida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, keltirib chiqargan sharoitlari va sabablarini bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tadbiq etib, biror bir shaxs tomonidan uni korrupsion huquqbuzarlikni sodir etishga da’vat qilish holati kuzatilganda yashirmasdan adolatli yondoshib ta’magirlik, firibgarlik, pora olish, pora berish, pora olish-berishda vositachilik qilish, pora evaziga og‘dirib olish, qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik ta’kidlab o‘tdi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!