OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Ko’rsatmalar

TDTrU (TTYMI) bitiruvchilari  malakasini tasdiqlovchi hujjat 1997 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasida “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonuni” ning 19 -moddasiga muvofiq bitiruv  malakaviy ishlarini himoya qilgandan va davlat attestatsiyasidan o‘tgandan so‘ng, topshiriladi.

Mutaxassislarni ishga taqsimlash – “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni ta’minlash to‘g‘risida”gi  buyruqlariga muvofiq  amalga oshiriladi.

Bitiruvchilarni  temir yo‘l tizimidagi korxonalar faoliyati bilan tanishtirish  va  temir  yo‘llarda  ishlashga  qiziqtirish maqsadida har yili mart-aprel oylarida TDTrU (TTYMI)da o‘qiyotgan talabalar bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqarmalari, korxonalari va mintaqaviy temir yo‘l uzellari  rahbarlari  o‘rtasida uchrashuvlar  o‘tkaziladi. Shuningdek, “O‘zbekko‘mir”AJ, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Toshkent metropoliteni  rahbarlari bilan ham  uchrashuvlar  o‘tkaziladi. Majlislar tegishli  bayonnomalar bilan  rasmiylashtiriladi.

TDTrU (TTYMI) bitiruvchilarini  (yosh mutaxassislarni)  korxonalarga ishga taqsimlash – “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyatining buyurtma  xatiga  muvofiq  hamda O‘TY AJ  Personallarni boshqarish va kadrlar tayyorlash boshqarmasi  bilan  kelishilgan  holda har yilning aprel oyida  amalga  oshiriladi.

Fakultetlar kesimida o’quv jarayoni grafigi

24.01.2022 yildan