Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo’yicha seminar o’tkazildi

Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo’yicha seminar o’tkazildi

2021-yil 6-10 dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 19-noyabrdagi 483-sonli buyrug‘iga asosan Bosh ilmiy-metodik markazi tomonidan oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlari uchun “Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha qisqa muddatli trenerlarni tayyorlash kursi” tashkil etildi. Mazkur kursda Iqtisodiyot fakultetining “Transport iqtisodiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Xolbutaeva Shahnoza muvafaqqiyatli qatnashib trenerlik guvohnomasini oldi.

Sh.Xolbutaeva tomonidan 2021-yil 13-dekabr kuni Transport iqtisodiyoti kafedrasi professor o‘qituvchilari uchun “Kredit-modul tizimi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish” to‘g‘risda seminar o‘tkazdi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!