Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Logistika sohasida ayollar” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi

“Logistika sohasida ayollar” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi

Joriy yilning 27-may kuni xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko’nikmalar olishlari, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to’g’ri yo’naltirish, jamiyatda ayol -qizlarning faolligini yanada oshirish maqsadida Toshkent davlat transport universitetida “Logistika sohasida ayollar” nomli davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davra suhbatining asosiy maqsadi logistika va transportda ayollarning mavqeini, shuningdek, global logistikaga yanada integratsiyalashgan holda ayollar jamoalarining birgalikdagi faoliyatini oshirish.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsiyalar vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Toshkent davlat transport universiteti; “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Qirollik logistika va transport instituti (Buyuk Britaniya), (Buyuk Britaniya); Belarus davlat transport universiteti (Belarus Respublikasi), Logistika va transport akademiyasi (Qozog‘iston Respublikasi), Imperator Aleksandr I ning Sankt-Peterburg davlat aloqa universiteti (Rossiya Federatsiyasi) vakillari ZOOM platformasi orqali onlayn ishtirok etishdi.

Davra suhbati qatnashchilari 28-29 may kunlari 2 kun Xojikent dam olish maskanida sohaga oid suhbatlarni davom ettirishadi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!