Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Lokomotivlar va lokomotiv xo‘jaligi” kafedrasida zamonaviy o‘quv trenajer-simulyatorlar ishga tushirildi

“Lokomotivlar va lokomotiv xo‘jaligi” kafedrasida zamonaviy o‘quv trenajer-simulyatorlar ishga tushirildi

Toshkent davlat transport universiteti “Lokomotivlar va lokomotiv xo‘jaligi” kafedrasida «TEP70БС» yo‘lovchi teplovozi va «3ЭС5K ЕРMАK» magistral elektrovozi o‘quv trenajer-simulyatorlari o‘rnatildi va ishga tushirildi.
O‘quv trenajer-simulyatori mashinist va mashinist yordamchilarini poyezd bilan boshqarishning oqilona usullari, maʼlum bir yo‘l uchastkasi sharoitlariga yaqin muhitda favqulodda harakat qilishga o‘rgatish uchun mo‘ljallangan.
O‘rta osiyoda yagona bo‘lgan ushbu zamonaviy oʼquv trenajer-simulyatorlari universitetda taxsil olayotgan talabalarning lokomotiv xo‘jaligi va lokomotivlarni boshqarish to‘g‘risidagi ko’plab ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini beradi.
Shuningdek kelgusida Universitetda “O‘zbekiston temir yo‘llari” АJ, o‘zining temir yo‘llariga ega bo‘lgan mahalliy va xorijiy davlatlar ehtiyoji uchun zarur mashinist va mashinist yordamchilarini o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!