Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari uchun magistrlik dissertatsiya himoyasi boshlandi

Magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari uchun magistrlik dissertatsiya himoyasi boshlandi

Toshkent davlat transport universitetida magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari uchun magistrlik dissertatsiya himoyasi boshlandi. Magistrlik dissertatsiyasi himoyasi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2009-yil 22-maydagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 160-son buyrug’i muvofiq, onlayn rejimda ovozli videotranslyatsiya qilingan holda boʼlib oʼtmoqda. 2021-2022 o‘quv yili magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari tegishli o‘quv reja va fan dasturlarini to‘liq tugatgan va o‘quv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan talabalarga Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovini topshirishlariga imkoniyat yaratilgan. Magistrlik dissertatsiya himoyasi videokuzatuv jihozlari o‘rnatilgan auditoriyalarda ZOOM platformasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilgan holda o‘tkazilmoqda.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!