Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Malakaviy bitiruv ishi” amaliyoti rahbarlari barcha amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan soha korxonalarida bo‘ldilar

“Malakaviy bitiruv ishi” amaliyoti rahbarlari barcha amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan soha korxonalarida bo‘ldilar

Joriy yilning 5-aprel kuni “Iqtisodiyot” fakulteti “Korporativ boshqaruv” kafedrasi mudiri Z.N.Raxmatov boshchiligida “Malakaviy bitiruv ishi” amaliyoti rahbarlari barcha amaliyot o‘tayotgan talabalar bilan soha korxonalarida bo‘ldilar.

Shu kuni dotsent M.A.Buranova o’zining rahbarligidagi “Menejment” yo‘nalishining bitiruvchi talabalari amaliyoti qizg’in jarayonda o‘tayotganiligini guvohi bo’ldi. “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari “Jamiyat investitsiya, strategik rejalashtirish va biznesni rivojlantirish” bo‘limi boshlig‘i F.N.Zaxidov talabalarga“Malakaviy bitiruv ishi” mavzulariga oid kerakli ma’lumotlarni to‘plashga amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Soha korxonalari va universitet ma’muriyati talabalarning bitiruv oldi amaliyotlarini tashkillashtirish va sifatli o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro majburiyatlarini to‘laqonlik bajarib kelmoqdalar.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!