OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Mamlakat rivoji yo’lida!

Mamlakat rivoji yo’lida!

Ma’lumki, aholining kam ta’minlangan qatlami to’g’risida tushuncha va uni aniqlash tartibi mavjud. Mamlakatimizda kambag’al aholi mavjudligi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida birinchi marta rasman qayd etildi. Murojaatnomada “Kambag’allikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini uyg’otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to’liq ro’yobga chiqarish, yangi ish o’rinlari yaratish bo’yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirishidir. Davlat rahbarining bu borada izchil amalga oshirayotgan siyosatini hukumat tarkibida Bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha o’rinbosari lavozimini kiritilishi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligining tashkil etilishida yanada yaqqol ko’rish mumkin hamda mazkur masalaning naqadar dolzarbligini anglash mumkin.
Pandemiya ko’p mamlakatlar ijtimoiy himoya tizimi uchun juda qiyin davr bo’ldi. Ish va tirikchilik vositalaridan mahrum bo’lgan davrda ko’plab odamlarning ijtimoiy yordam va xizmatlarga bo’lgan ehtiyoji oshdi. Bundan tashqari, ijtimoiy yordam ko’rsatish mexanizmlari ijtimoiy masofani saqlash va infektsiya tarqalishini oldini oluvchi qo’shimcha ehtiyot choralari qo’llanilayotgan sharoitda o’zgarishlarga uchradi. O’zbekistondagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam ko’rsatish uchun ehtiyojmandlar to’g’risidagi ma’lumotlar kiritilgan «Temir daftar», “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” ro’yxati joriy qilindi. Ro’yxat mahalla qo’mitalari raislari tomonidan sektor rahbarlari bilan birgalikda shakllantirildi.
Aynan shu daftarlarga kiritilishi muhokamasiga bag’ishlangan yig’ilish va uchrashuvlarda universitet prorektori D.X. Baratov hamda “Informatika va chizma geometriyasi” kafedrasi katta o’qituvchisi Mirobod tumanidagi “Zaminabod” mahalla fuqarolar yig’inlarida ishtirok etishdi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram