Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Mamlakatimizda yashayotgan har bir inson qalbida insoniylik, mehr-muruvvat, bag‘rikenglik kabi ijobiy hislatlar joy olgan.

Mamlakatimizda yashayotgan har bir inson qalbida insoniylik, mehr-muruvvat, bag‘rikenglik kabi ijobiy hislatlar joy olgan.

Mamlakatimizda yashayotgan har bir inson qalbida insoniylik, mehr-muruvvat, bag‘rikenglik kabi ijobiy hislatlar joy olgan. Xalqimizning ulug‘ qadriyatlaridan biri yoshi ulug‘ insonlarga, keksalarga hurmat-ehtirom kо‘rsatish, ularning kо‘p yillik hayotiy va mehnat tajribalari asosidagi qadrli maslahatlaridan bahramand bо‘lish va duolarini olib yurishdir. Zero, xalqimizning “Keksasi bor uyning farishtasi bor”, “Qarisi bor uyning – parisi bor”, “Qarilikni donolik bezar” degan hikmatli naqllari bor. Bu bejiz emas, albatta. Ana shu olijanob qadriyat, fazilat bugun davlatimiz siyosatida ham о‘z ifodasini topganligidan barchamiz mamnunmiz. “Keksalarni e’zozlash – insoniy fazilat!” shiori ostida “Chet tillari” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan 9-mart 2022-yil sanasida keksa avlod vakillari, jumladan, nafaqadagi “Chet tillar” kafedrasida ishlab ketgan Muhitdinova G. Sh. , Qanoatova M.A. , Qadirova D.A ,Nishonova M.R. Guseynova K.I. larga hurmat ehtirom koʻrsatib, uylariga tashrif buyirib, ularni 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” bilan tabriklashdi. Zero, keksalarimiz kabi el-yurt manfaatlari yо‘lida kо‘p yillar sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilgan, hayot achchiq-chuchugini totigan, mehnat faoliyati davomida yosh avlodni ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab, ularga tо‘g‘ri yо‘l kо‘rsatgan keksalar, fahriylar, bir sо‘z bilan aytganda, jonkuyar ustoz va murabbiylar holidan xabar olish va ulardan xizmat sir-asrorlarini mukammal о‘rganish yosh avlod vakillariga “Ham farz, ham qarz” bо‘lmog‘i darkor.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!