Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Markaziy Osiyo oliy ta’lim makonini yaratish masalasi muhokama qilinayotgan xalqaro anjumanda Transport universiteti vakillari ishtirok etdi

Markaziy Osiyo oliy ta’lim makonini yaratish masalasi muhokama qilinayotgan xalqaro anjumanda Transport universiteti vakillari ishtirok etdi

17-18 iyun kunlari Qozog’istonning Turkiston shahrida “Markaziy Osiyo oliy ta’lim makoni: mintaqaviy hamkorlik, milliy islohotlar” mavzusida Markaziy Osiyo davlatlarining oliy ta’lim vazirlari konferentsiyasi bo’lib o’tdi.

Yevropa universitetlar assotsiatsiyasi (EUA), Yevropa ta’lim kasaba uyushmalar qo’mitasi (ETUCE), Markaziy Osiyo ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalari kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va Markaziy Osiyoning yetakchi OTMlari vakillari ishtirok etgan konferentsiyada xalqaro ta’lim makonidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, xususan, uni Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan kengaytirish hamda istiqboldagi rejalar haqida fikr almashildi.

Konstruktiv yondashuvlarga boy o’tgan konferentsiyaning ikkinchi kunida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov onlayn tarzda qatnashdi va nutq so’zladi. Ko’ptomonlama muloqot mexanizmlaridan samarali foydalanishga qaratilgan ushbu konferentsiya ishida O’zbekiston Respublikasining Qozog’istondagi favqulodda va muxtor elchisi Saidikrom Niyozxo’jayev ham ishtirok etdi.

Tadbirning ahamiyatli jihati shundan iboratki, unda ta’lim olganlik to’g’risidagi hujjatlarni o’zaro tan olish, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, mintaqada ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash hamda attestatsiyadan o’tkazish sohasida o’zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mintaqa davlatlaridagi oliy o’quv yurtlari doirasida professor-o’qituvchilar va talabalar almashinuvini yanada jadallashtirish g’oyalari ilgari surildi.

Xalqaro konferentsiyada Transport universiteti prorektori Baxodir Turayev ishtirok etdi.

P.S.:Konferentsiya yakunlari haqida batafsil ma’lumot beramiz.

Leave a Reply