Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

MARKAZIY OSIYODAGI IQLIM O’ZGARISHLARI HAQIDA MA’RUZA.

MARKAZIY OSIYODAGI IQLIM O’ZGARISHLARI HAQIDA MA’RUZA.

Sanoat rivojlanishi oqibatida atmosferaga chiqayotgan uglevodorod gazi miqdori yil sayin ko‘paymoqda. Bu esa sayyoramizda “bug‘xona hodisasi“ni kuchaytirib, keskin iqlim o‘zgarishlarini yuzaga keltiryapti. Oqibatda tabiiy ofatlar ko‘payib, global isish hodisasi ham kuzatilmoqda. Bunday “asr muammolari” har qanday jamiyatga daxldor insonni befarq qoldirmaydi.
Amerikalik doktor Maykl Brodi 2021-yil 20-oktyabr kuni soat 16:00 da Toshkent davlat transport universiteti kutubxonasida “Global iqlim o’zgarishi va uning Markaziy Osiyo va O’zbekistonga ta’siri” mavzusida ochiq ma’ruza o’qiydi.
Professor Brodi – ekologiya fani bo’yicha mutaxassis, barqaror rivojlanish va iqlim o’zgarishi bo’yicha ilmiy tadqiqotchi va maslahatchi.
Ro’yxatdan o‘tish uchun quyidagi elektron pochta orqali ism-familiyangizni jo‘natishingiz mumkin: Inter.Edu.Faculty@gmail.com

 

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram