Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Markaziy Osiyoning eng yirik uchuvchilar malakasini oshirish markazi bilan hamkorlik yo’lga qo’yildi

Markaziy Osiyoning eng yirik uchuvchilar malakasini oshirish markazi bilan hamkorlik yo’lga qo’yildi

Oldin xabar qilganimizdek, Toshkent davlat transport universitetida Frantsiyaning Fuqaro aviatsiyasi milliy maktabi bilan birgalikda qo’shma dastur asosida “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha uchuvchilarni tayyorlash nazarda tutilgandi. Tinglovchilarni qabulini o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish jarayonlari boshlab yuborilgan.

Shu munosabat bilan bugun universitetimiz rektori Odil Abduraxmanov va “Uzbekistan airways” AJning “O’quv-trenajyor markazi” MChJ direktori Stanislav Gurfinkelь bilan hamkorlik bo’yicha muzokara bo’lib o’tdi. Muzokaralar natijasida aviatsiya xodimlarini tayyorlash bo’yicha memorandum imzolandi.

Memorandum bo’yicha batafsil axborotni Aviatsiya transporti muhandisligi fakulьteti dekani Nuriddin Abdujabarov bilan qilingan suhbat orqali yoritamiz.

Leave a Reply