Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Markaziy va G‘arbiy Osiyo departamentining yo‘l-transport infrastrukturasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Pavan Karki ishtirokida ma’ruza darsi tashkil etildi.

“Osiyo taraqqiyot banki” Markaziy va G‘arbiy Osiyo departamentining yo‘l-transport infrastrukturasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Pavan Karki ishtirokida ma’ruza darsi (rus va ingliz tillarida) tashkil etildi.

Joriy yilning 7-aprel kuni Transport universiteti “Shahar yo‘llari va ko‘chalari” kafedrasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilari va talabalar uchun “Shahar yo‘llari va ko‘chalari muhandisligi” fanidan “Yo‘llarni qurish asoslari“ mavzusida “Osiyo taraqqiyot banki” Markaziy va G‘arbiy Osiyo departamentining yo‘l-transport infrastrukturasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Pavan Karki ishtirokida ma’ruza darsi (rus va ingliz tillarida) tashkil etildi.
Bosh mutaxassis Pavan Karki o‘z ma’ruzasida avtomobil yo‘llarini qurishda mavjud muammolar va ularning yechishda rivojlangan davlatlar tajribasi, shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning O‘zbekistondagi mintaqaviy aloqalar uchun muhim bo‘lgan milliy yo‘llarni rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilishdagi ishtiroki yuzasidan amaldagi loyihalar va kelgusi rejalar xususida fikr bildirdi. Jumladan, sement-beton qoplamali yo‘llarning afzalligi va ularni O‘zbekiston misolida kengaytirish masalalariga to‘xtaldi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!