Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“MDH MACCAFERRI GABIONLARI” MChJ bosh direktor o‘rinbosari Lomtev Maksim Evgenivich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“MDH MACCAFERRI GABIONLARI” MChJ bosh direktor o‘rinbosari Lomtev Maksim Evgenivich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 17-fevral kuni “Avtomobil yo‘llari muhandisligi” fakultetida “Avtomobil yo‘llarini qidiruv va loyihalash” kafedirasi professor-o‘qituvchilari va “MDH MACCAFERRI GABIONLARI” MChJ bosh direktor o‘rinbosari Lomtev Maksim Evgenivich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida bugungi kunda dolzarb bo‘lgan avtomobil yo‘llarini loyihalash va qurishda innovatsion texnologiyalar, jumladan yo‘l konstruksiyalarini mustahkamligini oshirish, transport vositalarining to‘xtovsiz va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladigan geotekistil, geoto’qimalar, paragrid, makgrid, geopanjara materiallaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida professor–o‘qituvchilar xorijiy davlatlardagi yo’l qurilishida qo’llanilayotgan yangi texnologiyalar bilan tanishdilar. Suhbat davomida o‘zaro hamkorlik asosida olib boriladigan ishlarning yo‘l xaritasi belgilandi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!