Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Megapolis muammolari: TIRBANDLIKLARNING YEChIMI BORMI?

Megapolis muammolari: TIRBANDLIKLARNING YeChIMI BORMI?

Botir Ismoilovning fikricha, Toshkent shahrida 2,7 milliondan ziyod aholi rasmiy ro’yxatdan o’tgan. Ammo vaqtinchalik va ro’yxatdan o’tmagan aholi soni anchagina. O’rganishlar shuni ko’rsatmoqdaki, poytaxtda yo’lovchilarning 33 foizigina jamoat transportidan foydalanmoqda. Sababi jamoat transportining qatnov vaqti oralig’i 30 daqiqadan oshib ketishi holatlari mavjud, bu esa aholi uchun noqulaylik tug’diradi. Shunga ko’ra, odamlar taksi xizmatlari va shaxsiy avtotransportdan foydalanishni ma’qul ko’rishadi. Natijada ko’chalarda turnaqator tirbandliklar paydo bo’lib, ular harakatni qiyinlashtirish bilan birga, o’zidan chiqarayotgan zararli moddalar ta’sirida havoning ifloslanish darajasi oshmoqda.

“Ishonch” gazetasining 2021 yil 6 iyuldagi 85 (4525) – sonidagi maqola  Toshkent davlat transport universiteti assistenti Botir Ismoilov va talaba Ivan Bondarenkoning fikr va mulohazalari asosida tayyorlangan