Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

MEHR VA MUHABBAT HAR NARSADAN USTUN

MEHR VA MUHABBAT HAR NARSADAN USTUN

Yangi yil bayrami munosabati bilan barchaga birdek quvonch ulashish, yosh avlodning ko‘nglini ko‘tarishdek mas’uliyatli hamda savobli ishga qo‘l urgan “Avtomobil yo‘llari muhandisligi” fakulteti professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar jamoasi joriy yilning 27 dekabr kuni Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan 57-sonli maktabga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida maktab tarbiyalanuvchilari uchun professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan “Yangi yil ertagi” bayram tadbiri namoyish etildi. Turli ertak qahramonlarining tadbirdagi bayramona ishtiroki o‘quvchi va o‘qituvchilarning ko‘ngliga xushnudlik bilan birga bayramona ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Shuningdek, maktab jamoasi uchun yangi yil archasi va o‘yinchoqlari sovg’a qilindi, o‘quvchilar uchun bayram shirinliklari tarqatildi. Kamtarona yozilgan dasturhon ustida o’zaro mehr-e’tibor ulashildi.

Ko‘rsatilgan e’tiborning tag zamiri nogironligi bo‘lgan shaxslar manfaatlarini himoya qilishdir.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!