OʻzbekEnglish Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Memorandumlar o‘zaro manfaatli aloqalarining negizidir

Memorandumlar o‘zaro manfaatli aloqalarining negizidir

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida kutubxona bilan Toshkent davlat transport universiteti o‘rtasida Hamkorlik shartnomasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Hamkorlik doirasida ikkala tomon o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib o‘zaro manfaatli alaoqalar haqida kelishib oldilar.

O‘z o‘rnida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi Toshkent davlat transport universitetiga xorijiy ilmiy dasturlardan foydalanish, Web of Science, Ebsco diss.rsl.ru hamda UzNel, Diss.natlib.uz, ibs.natlib.uz, Press.natlib.uz bazalaridan foydalanish, antiplagiat dasturida ilmiy ishlarni tekshirish imkoniyatlarini yaratishda yaqindan amaliy yordam berish bo‘yicha tayyorligini aytib o‘tdi. Shuningdek, kutubxona universitet Axborot-resurs markazi elektron kitoblar fondini kengaytirish bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda hamda universitet Axborot-resurs markazi xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha amaliy yordam berishini ta’kidladi.

Universitet professor-o‘qituvchilari, talabalari va xodimlari uchun O‘zbekiston milliy kutubxonasi ma‘lumot bazasidagi:

Ilmiy ishlar ma‘lumotlar bazasi – diss.natlib.uz bazasining 25000 dan ortiq elektron resurslaridan foydalanish;

Milliy kutubxonaning media portal – media.natlib.uz bazasining video – 158 ta, audio kitoblar – 600 dan audio va video materiallarini ko‘rib va yuklab olish;

Vaqtli matbuot nashrlari portal – press.natlib.uz bazasining 1935-2021- yillar oralig’ida 64 nomdagi 55366 ta gazeta va jurnallarni elektron  shaklda o‘qish;

Nodir va qo‘lyozma asarlarning ma‘lumotlar bazasi – nodir.natlib.uz bazasining turli tillarda 2276 ta kitob, 122 ta qo‘lyozma, 24 ta albom va
2775 ta davriy nashrlarning 15% qismini onlayn o‘qish;

QR-kodli kitoblarning ma‘lumotlar bazasi – qr.natlib.uz bazasining 400dan ortiq kitobning elektron fayllarini QR-kod orqali onlayn o‘qish va yuklab olish imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Shu bilan birga, Milliy kutubxona tomonidan elektron kitoblar fondini kengaytirish bo‘yicha hamda universitet Axborot-resurs markazi xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha doimiy ravishda amaliy yordam olinishi kelishib olindi.

Izoh: ushbu memorandum natijasida tomonlar ilmiy va madaniy loyihalarni birgalikda ishlab chiqish va amalga oshirish; kutubxona sohasidagi ishlarning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha; ilmiy amaliy konferensiyalar va seminarlarda hamkorlik va korgazmali ishlarni amalga oshirish; axborot kutubxona sohasini takomillashtirish, tomonlar o’rtasida o’zaro manfaatli munosabatlarni o’rnatish,ilmiy tadqiqot faoliyatini amalga oshirish yo’nalishlari bo’yicha hamkorlikni yo’lga qo’ydilar.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram