Joriy yilning 12-mart kuni bo’lib o’tgan Mirzo Ulug’bek vorislari Respublika tanlovining 1-bosqich g’oliblari ro’yxatidan Toshkent davlat transport universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi yosh xodimi Oripov Sohibjon G’ayratjon o’g’li ham munosib o’rin egallagan.
Biz ushbu yosh xodimimizni erishgan yutuqlari bilan chin dildan qutlaymiz. Keyingi bosqichlarda ham munosib o’rin egallashiga ishongan holda muvaffaqiyat va omad tilab qolamiz.