Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Mirzo Ulug’bek vorislari

Mirzo Ulug’bek vorislari

Respublika miqyosida Iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash “Ulug’bek” jamg’armasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashlik etilgan “Mirzo Ulug’bek vorislari” Respublika tanlovida Toshkent davlat transport universiteti talabalari 3-bosqich TF-324 guruh talabasi Shukurov Murodulla Sulaymon o’g’li hamda 11-19 guruh talabasi Ismatov Sherzod Azamat o’g’li ham ishtirok etdilar.
Quvonarlisi shundaki, 3-bosqich TF-324 guruh talabasi Shukurov Murodulla Sulaymon o’g’li tanlovda o’z loyihasi bilan muaffaqiyatli ishtirok etib, TOP-100 loyihalar qatoridan o’rin oldi.
“Ulug’bek” jamg’armasi tomonidan tashkil etiladigan maqsadli o’quv kurslarida bepul tahsil olish yo’llanmasini hamda rag’batlantirish tariqasida BHMning 20 barobarida (5 400 000 so’m) pul mukofotini qo’lga kiritdi. Biz Shukurov Murodulla Sulaymon o’g’lini ushbu muaffaqiyati bilan tabriklaymiz.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!