Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Munosiblar taqdirlandi

Munosiblar taqdirlandi

Xabar qilganimizdek, 19-20 may kunlari Toshkent davlat transport universitetida ilk marotaba talabalar o’rtasida “Innovatsion ishlanmalar va startap loyihalar” tanlovi o’tkazilgandi.

Bugun universitet Kengashi a’zolari ishtirokida tanlov g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Yangi ishlanma va texnologiyalar namoyishi, startap loyihalar iqtidorli yoshlarda ilmiy-tadqiqot ko’nikmalarini shakllantirishda yordam beradi. Universitetda transport tarmog’ining innovatsion ehtiyojlarini o’rganish, talabalarning innovatsion g’oyalarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan xizmatlar va tanlovlar muntazam o’tkazilishi bildirildi. Universitet rektori Odil Abduraxmanov tomonidan bu kabi tadbirlar orqali iqtidorli, izlanuvchan va tadqiqotchi talabalar har doim qo’llab-quvatlanishi ta’kidlandi.

Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, ilk tanlovga talabalar va yosh tadqiqotchilardan 50 dan ortiq innovatsion ishlanmalar va startap loyihalar kelib tushgan. Ekspertlar xulosasi asosida to’rt yo’nalishda eng yaxshi innovatsion ishlanmalar tanlandi

Tadbirda tanlov g’oliblari universitetning sertifikati va planshet bilan taqdirlandi. Shuningdek, eng yaxshi innovatsion ishlanmalar aniqlanib, muallif-talabalarga esdalik sovg’alar berildi.

Talaba-yoshlarni rag’batlantirish, qobiliyatlarini yuzaga chiqarishga ko’maklashuvchi mazkur tanlov ularning ilmiy faoliyatga bo’lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.

Leave a Reply