Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Mustaqillik bayrami kunlari temir yoʻl chiptalariga chegirma beriladi

Mustaqillik bayrami kunlari temir yoʻl chiptalariga chegirma beriladi

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati Prezidentning tegishli farmoni asosida ayrim toifadagi fuqarolar uchun bayram (ishlanmaydigan) kunlar davrida ichki yoʻnalishlardagi yoʻlovchi poyezdlari taʼrifiga chegirmalar borligini eslatmoqda.

❗️Unga koʻra, 1-4 sentyabr kunlari temir yoʻl chiptalari uchun:

✅ Nafaqaxoʻrlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga – 50 foiz;

✅ Oliy oʻquv yurtlarining talabalari, maktab oʻquvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus taʼlim muassasalari talabalariga – 15 foiz;

✅ Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha boʼlgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga toʼlmagan bolasi boʼlgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) – 15 foiz;

✅ Kollektivga (4 kishidan ortiq boʻlgan hamkasablarga, yoʼriqnoma asosida) – 15 foiz;

🚝 «Аfrosiyob» tezyurar elektropoezdlarida barcha toifadagi yoʻlovchilarga – 10 foiz chegirmalar taqdim etiladi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!