Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Nazariya va amaliyot: o‘zaro aloqalar yangi formatda rivojlanadi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi Xusnutdin Xasilov, Transport universitetining “Lokomotivlar va lokomotiv xo‘jaligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida zamonaviy lokomotivlarning bugungi holati, muammolari va rivojlanish istiqbollari mavzuida uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.
Uchrashuv jarayonida xalqaro amaliyot va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda kadrlar tayyorlash, sohaning turli yo‘nalishlariga doir ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy-tadqiqot jamoalarini tashkil etish, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uzviyligini ta’minlash maqsadida ilmiy-tadqiqot-o‘quv laboratoriyalar tashkil qilish borasida hamkorlik masalalari keng muhokama qilingandi.
Uchrashuvda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbari tomonidan “Lokomotivlar va lokomotiv xo‘jaligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari fikr va mulohazalarini tinglab, Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda O‘zbekiston lokomotiv deposidagi ishlab chiqarish muammolarini tizimli va ilmiy jihatdan tahlil qilish taklifini bildirilgandi.
Kuni kecha “Lokomotivlar va lokomotiv xo‘jaligi” kafedrasi va Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Baymanov hamkorligida ishlab chiqarish jarayonida trening o‘tkazildi. Muloqotlarda zamonaviy lokomotivlar, motor-vagon harakat tarkibi ekspluatatsiyasi va xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Lokomotivlar parkini modernizatsiyalash, poezdlar harakati xavfsizligini oshirish nuqtai nazardan temir yo‘llarini izchil elektrlashtirilishi yuqori quvvatli elektrovozlarga bo‘lgan talabning ortishiga olib kelayotganligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston lokomotiv deposi boshlig‘i Fazliddin Maxamatov qayd etishicha, dastlab yangi elektrovozlarni boshqarish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xitoylik mutaxassislar tomonidan bajarilgan bo‘lsa, endilikda bu yumushlarni Transport universiteti bitiruvchilari – yosh kadrlar amalga oshirayotgani bildirildi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram