Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Nipo Standart” MChJ ishtirokidagi poligon sinovlari o‘tkazildi

“Nipo Standart” MChJ ishtirokidagi poligon sinovlari o‘tkazildi

Transport energetik qurilmalari kafedrasi hamda “O’zbekiston – GTL” MChJ bilan hamkorlikda tuzilgan “O’zbekiston – GTL MChJ da ishlab chiqarilayotgan sintetik dizel yonilg‘isining energo-ekologik baholash” mavzusidagi xo‘jalik shartnomasiga asosan ilmiy-tadqiqot sinovlari o‘tkazildi.
Tadqiqot sinovlari “O’zbekiston – GTL MChJga qarashli ISUZU NQR-71PL yuk avtomobilida tasdiqlangan dastur va uslublarga binoan olib borildi. Ushbu o‘tkazilgan sinovda universitetimizning “Transport energetik qurilmalari” kafedrasi ilmiy xodimlari, “O’zbekiston – GTL” MChJ mas’ul xodimlari va mutaxassislari, “Nipo Standart” MChJ mutaxassislari hamda Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari laboratoriya jihozlari bilan ishtirok etdilar.
Sinov natijalari hozircha oxiriga yetmaganligi tufayli yakuniy natijalar oshkor etilmadi. Ammo kuzatish natijalariga qaraganda ijobiy, degan xulosani aytish mumkin.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram