Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

«Novator Engineers Organization of TSTU» ilmiy-tadqiqot va loyiha markazi hususida

«Novator Engineers Organization of TSTU» ilmiy-tadqiqot va loyiha markazi hususida

 

Ilmiy tadqiqot va loyiha konstruktorlik ishlari samaradorligini tashkil etish maqsadida “Qurilish muhandisligi” fakulьtetida transport infrastrukturasi, bino va inshootlarni loyihalash, ko’priksozlik va muhandislik soxasi bo’yicha ilmiy-tadqiqot va loyiha innovatsiya Markazi tashkil etildi.

Markaz tarkibida sohaga tegishli quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amaliy ishlar yo’lga qo’yilgan. Masalan, bino va inshootlarni,muhandislik ilmiy kommunikatsiya ob’ektlari va tarmoqlarini, ko’priklar va tonnellarni loyihalash va diagnostikalari; qurilish materiallari; ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi hamda arxitektura va dizayn ilmiy-amaliy bo’limi kabilar.

Shuningdek, loyiha izlanuvchi va loyiha-konstruktorlik faoliyat turi bo’yicha: shaharsozlik va arxitekturaviy loyihalash; bino va inshootlarni modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish ustida loyihalar ishlab chiqish; qo’riqlash va yong’inga qarshi qo’riqlash signalizatsiya hamda yong’inga qarshi avtomatika vositalarni loyihalash; yangi ob’ektlar qurilishi, rekonstruktsiya va kapital remont bo’yicha smeta xujjatlarini tayyorlash va boshqa bir qator ishlarni olib boradi.

Kelgusida ushbu markaz va ishlab chiqarish o’rtasidagi integratsiyani ta’minlash, qurilish sohasida yetuk mutaxassislar tayyorlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.