Prezident Shavkat Mirziyoev rahbarligida 2021 yil 16 iyunda o‘tkazilgan “Oliy ta’lim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari to‘g‘risida”gi videoselektorda kafedralar huzurida ilmiy markazlar tashkil etish va ularga daromad topish sharoitlarini yaratish topshirig‘i berilgandi.
Ushbu topshiriq ijrosi doirasida Transport universiteti qoshida tashkil etilgan «Novator Engineers Organization of TSTU» innovatsiya markazi bugungi kunda loyiha-muhandislik tajribasiga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar va yuqori malakali loyihachi-muhandislarni birlashtirgan.
Qurilish vazirligi «Novator Engineers Organization of TSTU» innovatsion markaziga arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani topshirdi.
Litsenziya markaz faoliyati natijalarini tijoratlashtirish, “ta’lim – ilm-fan – ishlab chiqarish” tamoyilini keng tadbiq etish va qator imkoniyatlarni beradi.